So’nggi yangiliklar

02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  3 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  102 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2

Ronaldu 2006 yilda "Valensiya"ga ko'chib o'tishi mumkin edi Yangiliklar

Ronaldu 2006 yilda "Valensiya"ga ko'chib o'tishi mumkin edi

"Ko'rshapalaklar"ning sobiq sport direktori Amedeo Karboni 14 yil oldin Krishtianu Ronalduning "Valensiya" tarkibiga qo'shilishiga bir qadam qolgani haqida gapirib berdi.

– Siz "Valensiya"ning sport direktoriga aylandingiz va Ronalduni xarid qilishga urinib ko'rgan edingiz. Nega bu ish bermadi?

– Biz uni xarid qilish uchun etarli manbalarni topdik. Klub Ronalduning homiylari hisoblangan Nike va Coca Cola kompaniyalari bilan kelishib oldi. Krishtianu o'sha paytda yiliga 10 million daromad qilardi. Bu "Valensiya" darajasidagi klublar uchun juda katta mablag' hisoblanadi. 

Aynan shu davrda u "Manchester Yunayted"da keskin vaziyatda qolgan (JCH-2006da Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi o'yindan chetlatilishi bilan bog'liq holat tufayli), hamon ECHLda g'olib bo'lmagan edi. Men uning agenti Jorje Mendesh bilan gaplashdim. 2006/07 yilgi mavsumda "Valensiya" avjiga chiqishi kerak edi. Klub yangi stadion qurishni rejalashtirayotgan bir paytda jamoa uchun 250 million dollar sarflashga qaror qilgan jiddiy prezident bor edi. 

Men Ronalduni xarid qilish uchun rahbarning roziligini oldim. Bu transfer "Valensiya" tarixini o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Mening qo'limda allaqachon Mendesh bilan imzolangan kelishuv ham bor edi, ammo bitim amalga oshmadi. Ronaldu esa keyinroq "Real"ga o'tib ketdi (2009 yil). Bazi xaridlar klubning butun tarixini o'zgartirib yuborishi mumkin. Men Krishtianuni "Valensiya"ga olib kelolmaganim uchun afsuslanaman", – dedi Karboni.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика