Ronaldo CBF prezidentini istefo berishga chaqirdi
26 noy 2015 12:12
Yangiliklar


Ronaldo CBF prezidentini istefo berishga chaqirdi
"Barselona" va "Real" sobiq hujumchisi Ronaldo Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) prezidenti Marko Polo Del Neroni istefo berishga chaqirdi.
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisining fikricha, Del Nero bu mansabni egallashi noto'g'ri.
"Braziliya futboli uchun og'ir damlar keldi. So'nggi vaqtlarda iqtidorlarni topish qiyin bo'lyapti, avvalari ular ko'p edi. Klublar menejmenti va konfederaciyalar professional bo'lishi lozim. Del Nero istefo berishi kerak. U o'yinlarda ishtirok etmayotganidan, xuddi berkinayotgandek tasavvur uyg'otyapti" - deydi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar