Ronaldo: "Asosiy raqibim jarohatlar edi"
09 apr 2020 23:09
Yangiliklar


Ronaldo: "Asosiy raqibim jarohatlar edi"
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo ayni paytda ko'proq tennis o'ynashni xush ko'radi.
"Hozir tennis menga eng ko'p yoqadigan sport turidir.
Jarohatlar tufayli ortiq futbol o'ynay olmayman. Har safar futbol maydoniga tushganimda jarohatlanar edim.
Aynan jarohatlar mening asosiy raqibim edi. Ko'p yillar davomida ularga qarshi kurashdim. JCH-2002 g'olibligi va "Real"ga transfer qilinishim menga ikkinchi hayotni bag'ishlagandi", – dedi afsonaviy futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar