Ronaldo: "Anchelotti "Atletiko"ga qarshi raqobatbardosh jamoani maydonga chiqarishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2015, 14:24
"Real" sobiq hujumchisi Ronaldo "Qirollik klubi" va "Atletiko" o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yin haqida o'z fikrini bildirdi.

"Ayni damda Anchelottining muammolari juda ko'p. Unga qiyinchilik emas, qarorlar kerak. Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi raqobatbardosh jamoani maydonga chiqarishiga ishonaman" - deydi Ronaldo.

"Atletiko" va "Real" o'rtasidagi birinchi o'yin 0:0 hisobi bilan yakunlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com