Ronaldino mashg'ulotga vaqtida etib kelgani uchun Allegri undan qutulmoqchi bo'lgan?
26 jan 2024 13:00
Yangiliklar
Ronaldino mashg'ulotga vaqtida etib kelgani uchun Allegri undan qutulmoqchi bo'lgan?
Adriano Galliani o'z avtobiografiyasida turli qiziqarli voqealarni eslab o'tgan.
Ulardan biri Ronaldino bilan bog'liq.
"Allegri menga har kuni qo'ng'iroq qilib, Ronaldinodan nolirdi. U mashg'ulotlarga kech qolar va kechalari bayramlarga ketib, juda kam uxlarkan".
"Bir marta u yana qo'ng'iroq qilib, ikki hissa jaxl bilan: "Etar, sabr kosam to'ldi! Uni sotib yuborishimiz shart. Bugun tongda u mashg'ulotga o'z vaqtida etib keldi!", - dedi".
"Men tushunmadim va qayta so'radim: "Endi, u vanihoyat mashg'ulotga o'z vaqtida etib keldi, siz undan qutulmoqchimisiz?".
"U javob berdi: "U mashg'ulotga vaqtida etib keldi, ammo to'g'ri klubdan kelibdi".
Fikrlar