Ronaldino Paragvaydagi qamoqxonada o'tgan o'yinda 5ta gol va 6ta assist qayd etdi
14 mar 2020 11:26
Yangiliklar
Ronaldino Paragvaydagi qamoqxonada o'tgan o'yinda 5ta gol va 6ta assist qayd etdi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ronaldino futbol bo'yicha Paragvaydagi qamoqxonada o'tkazilgan turnirda g'olib bo'ldi.
Hal qiluvchi o'yinda uning jamoasi 11:2 hisobida g'alaba qozondi. Braziliyalik sobiq futbolchi esa 5ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.
Bosh sovrin esa 16 kilogrammlik cho'chqa bolasi edi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Ronaldino va uning akasi Paragvayda soxta pasport bilan qo'lga tushib qamoqqa olingan edi.
Fikrlar