Ronaldino: "Faoliyatimni Rossiyada tiklash uchun juda qarilik qilaman"
17 iyu 2017 18:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/264690_original.jpg)
![](/upload/storage/264690_220.jpg)
Ronaldino: "Faoliyatimni Rossiyada tiklash uchun juda qarilik qilaman"
Kecha Rossiya Premer-ligasi birinchi turi doirasida "Axmat" klubi "Amkar"ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu kuni "Axmat Arena"ning ochilishi ham bo'lib o'tdi. Stadion ochilishi va o'yinga braziliyalik futbol afsungari Ronaldino ham tashrif buyurdi. U faoliyatini Rossiyada qayta tiklashi mumkinmiligi haqidagi savolga javob berdi.
"Rossiyaga ko'p bor kelganman va har safar meni bu erda juda iliq kutib olishgan. Rossiyada hamma, hammasi yoqadi. Umid qilaman, tez orada bu erga yana kelaman. Faoliyatimni Rossiyada tiklash? Yo'q, buning uchun endi juda qarilik qilaman, endi yo'q", - deya Ronaldinoning so'zlarini keltirdi "Match TV".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar