Ronaldinyo: "Faoliyatimni Rossiyada tiklash uchun juda qarilik qilaman"

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2017, 18:42
Kecha Rossiya Premer-ligasi birinchi turi doirasida "Axmat" klubi "Amkar"ni qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu kuni "Axmat Arena"ning ochilishi ham bo'lib o'tdi. Stadion ochilishi va o'yinga braziliyalik futbol afsungari Ronaldinyo ham tashrif buyurdi. U faoliyatini Rossiyada qayta tiklashi mumkinmiligi haqidagi savolga javob berdi.

"Rossiyaga ko'p bor kelganman va har safar meni bu yerda juda iliq kutib olishgan. Rossiyada hamma, hammasi yoqadi. Umid qilaman, tez orada bu erga yana kelaman. Faoliyatimni Rossiyada tiklash? Yo'q, buning uchun endi juda qarilik qilaman, endi yo'q", - deya Ronaldinyoning so'zlarini keltirdi "Match TV".


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Матч ТВ