Ronaldino faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi
17 jan 2020 14:21
Yangiliklar
Ronaldino faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi
"Barselona" sobiq futbolchisi Ronaldino u bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiyni aytdi.
Bu kataloniyaliklarning sobiq ustozi Frank Raykarddir. U futbolchini maydonda o'zini erkin his qilishi uchun imkoniyat bergan.
"U ajoyib murabbiy, juda ayyor yigit, men bilan birga ishlagan mutaxassislar ichida eng zo'ri.
U hamma narsani bilar edi, chunki vaqtida yuqori saviyada o'ynagan va bu esa bizning vazifamizni osonlashtirar edi. U bizdan talab qilgan hamma narsani oldin ham his qilgan, shuning uchun u biz bilan oddiy so'zlar bilan gaplashar edi.
U menga maydonda o'zimni yaxshi his qilishim uchun erkinlik bergan", - deydi Ronaldino.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar