Ronaldino Braziliya terma jamoasidagi davomchisi kimligini aytdi
11 iyu 2021 21:38
Yangiliklar
Ronaldino Braziliya terma jamoasidagi davomchisi kimligini aytdi
Braziliya terma jamoasi sobiq forvardi Ronaldino o'zining Braziliya termasidagi davomchisi borasida bayonot berdi.
"Neymar – mening davomchim. U Braziliya terma jamoasining asosiy yulduzi va vatandoshlarimizning kumiri hisoblanadi. Neymar jasorat va driblingdan xoli emas. Mbappega kelsak, men bu bolani yoqtiraman. Uning o'yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko'raman, ayniqsa, Neymar bilan birga o'ynaganida", – dedi Ronaldino.
29 yoshli Neymar Braziliya termasida 2010 yildan beri o'ynab keladi. U 64 ta gol bilan terma to'purarlari orasida faqat afsonaviy Pele (77 ta gol)dan ortda qolmoqda.
Fikrlar