Ronald Kuman: Qo'shib berilgan 8 daqiqa bizni o'ldirdi
20 dek 2016 07:55
Yangiliklar
Ronald Kuman: Qo'shib berilgan 8 daqiqa bizni o'ldirdi
O'ylashimcha, jamoam yaxshi o'ynadi. Bu mavsumdagi eng yaxshi birinchi taymni o'tkazdik. Juda tezkor harakat qildik. Burchak to'pidan so'ng hisobni ochishimiz mumkin edi.
Ikkinchi bo'limda qiynaldik, Liverpuldagi o'zgarishlar yakuniy natijaga tasir qildi. Tanaffusdan so'ng to'pni nazorat qila olmadik. Bu o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdik.
Qo'shib berilgan 8 daqiqa hayotimizni qiyinlashtirdi. Hakamlar? Nima uchun Koulmenga Lovren bilan to'qnashuvida sariq ko'rsatishdi va Deyanga sariq berishmadi? Sababi undan ogohlantirish bor edi.
Qo'shimcha vaqtda gol o'tkazganimizdan xafaman, 8 daqiqa bizni o'ldirdi, – deydi Kuman.
VIDEO. "Everton" - "Liverpul" 0:1
Mehmonda “Everton”ni mag'lub etgan “Liverpul” 2-o'ringa ko'tarildi
Mersisayd derbisi. 90+5-daqiqada kiritilgan gol "Liverpul"ga g'alaba keltirdi
Fikrlar