Ronald Kuman: "Madrid derbisida "Real"ga muxlislik qilaman"
13 dek 2020 00:27
Yangiliklar
Ronald Kuman: "Madrid derbisida "Real"ga muxlislik qilaman"
Bugun "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi bo'lishidan xabaringiz bor.
O'yindan avval Ispaniyaning boshqa bir klubi "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Asosiysi biz bo'lajak o'yinimizni yutib olishimiz zarur. "Atletiko" hozirgacha mag'lub bo'lmaganini inobatga olsak, bugun aynan ular yutqazishini istardim. Bu o'yinda men "Real"ga muxlislik qilaman.
"Barselona" o'ziga yarashmagan o'rinni egallab turibdi. Futbolchilarimiz koncentraciyani yo'qotib qo'yishmoqda. Bu hol ayniqsa standart vaziyatlar va raqib to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritayotganda ko'p uchramoqda. Bizga nimadir etishmayotgandek", - dedi "Barselona" ustozi.
Eslatib o'tamiz, "Championat.asia"da derbining matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar