Ronald Kuman: "Barsa" o'z darajasida o'ynamadi, lekin yomon o'yin bilan ham g'alaba qozonish mumkinligini ko'rsatdi"
06 apr 2021 07:17
Yangiliklar
Ronald Kuman: "Barsa" o'z darajasida o'ynamadi, lekin yomon o'yin bilan ham g'alaba qozonish mumkinligini ko'rsatdi"
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Valyadolid"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizga birinchi bo'limda vaziyatlar etishmadi. Biz yaxshi pressing qila olmadik, jamoa ham o'yin boshidan charchagandek ko'rindi, biz o'yinni nazorat qila olmadik. SHuning uchun ham sxemani o'zgartirdik va ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik.
O'yin qiyin o'tdi, jamoa o'z darajasidan ancha uzoqda edi. "Valyadolid" yaxshi himoyalana oldi. Biz g'alabaga loyiq o'ynadik. Jamoa g'alaba qozona olishini ko'rsatdi.
Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yaxshilandi. Jamoamiz mana shunday yomon o'yin ko'rsatib ham g'alaba qozona olishi mumkinligini ko'rsatdi.
Hayotda omading keladigan, omad kelmay qoladigan vaziyatlar bo'ladi. Men "Barselona" murabbiyiman va omadim kelgan. Uch ochko uchun kurashgan jamoani etirof etish lozim", - dedi Kuman.
Fikrlar