So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  0 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2

Ronald Kuman: “Barsa” g'alaba qozonishi ham mumkin edi, ammo durang ham adolatli bo'ldi” Yangiliklar

Ronald Kuman: “Barsa” g'alaba qozonishi ham mumkin edi, ammo durang ham adolatli bo'ldi”

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 2-turida “Atletik”ka (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ushbu bellashuv bir qator aspektlar bo'yicha qiziqarli kechdi. O'ylashimcha, o'yin boshida biz o'z vazifamizni qiyinlashtirib qo'ydik. Raqib bizga katta bosim o'tkazishiga imkon berdik. Darvozabonga qachon va qanday vaziyatda qisqa paslar bilan to'p uzatish kerakligini tushunib etishimiz lozim. 

Dastlabki 15 daqiqada bizga sovuqqonlik etishmadi. So'ngra gol urdik, ammo hisobga olinmadi (Arauxoning zarbasidan keyin to'p darvoza to'riga borib tushgan bo'lsada, o'sha vaziyatda hakamlar “Barsa” vakili Breytueyt qo'pollik ishlatgan deb topishdi). O'sha vaziyatda qo'pollik ishlatilganmidi yoki yo'q bilolmay qoldik. Vaziyatni boricha qabul qildik. 

Hisobda ortda borishmizga qaramay yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabatini alohida takidlashni istardim. Durang, menimcha, adolatli hisob. Bizda g'alabaga erishish uchun imkoniyat ham bo'ldi. Ammo “Atletik” ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatganidan ko'z yumib bo'lmaydi. Qolaversa, bunday maydonda to'p tepish ham oson emas. Bunday holatda qo'lga kiritgan natijadan norozi bo'lishimiz noto'g'ri”, dedi Kuman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика