"Roma" Xaver Pastorening transferidan 10 million evro ishlab olmoqchi
04 avg 2020 16:18
Yangiliklar
"Roma" Xaver Pastorening transferidan 10 million evro ishlab olmoqchi
"Roma" yozgi transferlar oynasida yarim himoyachi Xaver Pastoreni sotmoqchi.
Italiya klubi 31 yoshli futbolchi uchun 10 million evro miqdoridagi narx qo'ydi va argentinalik futbolchini sotmoqchi. Ayni damda o'yinchiga "Zenit" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublari qiziqmoqda.
"Zenit" Pastorega o'tgan yilning fevralida ham qiziqqandi. Ammo, o'shanda futbolchi Rossiyaga ketishni xohlamagan va Italiyada qolishni afzal ko'rgandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar