“Roma” va “Inter” 35 yoshli Jekoning transferi borasida bir to'xtamga kelishdi
08 avg 2021 07:34
Yangiliklar
“Roma” va “Inter” 35 yoshli Jekoning transferi borasida bir to'xtamga kelishdi
“Roma”ning 35 yoshli bosniyalik forvardi Edin Jeko Milanning “Inter” klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvittrdagi sahifasida malum qildi.
Manba xabariga ko'ra, klublar mazkur transfer borasida kelishuvga erishish arafasida. Futbolchining agenti shaxsiy kelishuvni tasdiqlashga ulgurdi va u 2023 yilga qadar amalda bo'ladi. Yaqin soatlarda futbolchining transferi elon qilishi kutilmoqda.
2020-2021 yilgi mavsumda Jeko “Roma” tarkibida barcha turnirlarda 38 marta maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku jamoani tark etib, “CHelsi” bilan shartnoma imzolagandi.
Fikrlar