"Roma" "Portu" yarim himoyachisi Oliveyrani xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin
09 jan 2022 14:16
Yangiliklar
"Roma" "Portu" yarim himoyachisi Oliveyrani xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin
"Roma" "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyraga qiziqmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, italyan klubi 29 yoshli portugaliyalikni 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar 15 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Muzokaralar haqida tafsilotlar keyingi haftada malum bo'lishi mumkin.
Oliveyra 2021/22 yilgi mavsum "Portu" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar