“Roma” futbolchisi “Bayer”ga o'tadigan bo'ldi
01 sen 2020 08:05
Yangiliklar
“Roma” hujumchisi Patrik SHik faoliyatini “Bayer” klubida davom ettiradi. Bu haqida jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Leverkuzen klubi SHik transferi uchun rimliklarga 27 mln evro to'laydi. SHuningdek, kelishuvdan bonuslar va futbolchi agarda qayta sotiladigan bo'lsa malum bir ulush ham “Roma”ga beriladi.
Malumot uchun, SHik 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida “Leypcig”da o'tkazdi. U “buqalar” safida 28 ta o'yinda 10 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
21:27
"Bayer" Gyulerni ijaraga olmoqchi edi. "Real" ham, o'yinchi ham bunga qiziqish bildirishmadi 3
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar