"Roma" bosh menejeri SHomurodov haqida: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko'rib turganimizdan xursandmiz"
03 avg 2021 08:19
Yangiliklar
"Roma" bosh menejeri SHomurodov haqida: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko'rib turganimizdan xursandmiz"
"Roma" bosh menejeri Tyagu Pintu jamoaning yangi hujumchisi Eldor SHomurodov haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Eldor - kelajakda rivojlanish uchun katta salohiyatga ega hujumchi. U o'zi yaxshi biladigan ligada va "Roma"da o'zini ko'rsatishni juda ham xohlamoqda.
"Istaklari bilan bir qatorda, uning o'yinchi borasidagi sifatlari ham murabbiyimiz [Mourinyu] xohlagan uslubga mos keladi va shu sabab biz uni klubimizda ko'rib turganimizdan xursandmiz", - deydi Pintu.
Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" o'zbekistonlik futbolchi uchun "Jenoa"ga 17,5 mln evro to'lashdi.
Fikrlar