"Roma" "Bayer" himoyachisiga etibor qaratmoqda
30 jan 2020 01:55
Yangiliklar


"Roma" "Bayer" himoyachisiga etibor qaratmoqda
Vendell faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Sky Italy" xabariga ko'ra, Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Vendell Nasimentu Borjes Rimnining "Roma" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Rimliklar rahbariyati tajribali Aleksandr Kolarovga munosib o'rinbosar izlamoqda. Vendell bu o'ringa asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Malumot uchun, 26 yoshli braziliyalik futbolchining "farmacevtlar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. U joriy mavsum "Bayer" safida 15 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar