"Roma" 2 nafar futbolchini Evropa Ligasi uchun ro'yxatdan o'tkaza olmadi
05 sen 2023 14:54
Yangiliklar
"Roma" Evropa Ligasi guruh bosqichida hujumchi Serdar Azmun va himoyachi Rasmus Kristensen o'ynay olmaydi. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.
Rimliklar moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli bu qadamni qo'yishga majbur bo'ldi. Alohida aytish joiz, "Roma" hujumchi Romelu Lukakuni musobaqa uchun ro'yxatdan o'tkaza olishdi.
"Roma" Evropa Ligasidagi ilk uchrashuvini 21 sentyabr kuni safarda "SHerif"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar