Rojers "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamadi
21 apr 2021 13:40
Yangiliklar
Rojers "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamadi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Tottenxem"ni boshqarishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Bu futbol, atrofda doim bo'sh o'rinlar borasida mish-mishlar bo'ladi. "Tottenxem" - fantastik, katta klub, ammo men etiborimni "Lester"ga qaratganman. Biz hali loyihamiz ustida ko'p ishlashimiz kerak.
Hali menda quvvat bor ekan, men baxtliman va ko'ryapmanki, bu chorlovlar davom etadi, men bu erda bo'lishdan juda ham baxtliman. Mish-mishlarni nazorat qilib bo'lmaydi, ammo men bu haqda o'ylamayman", - deydi Rojers.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" 19 aprelda natijalar sabab Joze Mourinyuni istefoga chiqarib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar