Rojers “Lester”ning qishgi transfer rejalari haqida gapirdi
30 dek 2019 23:45
Yangiliklar


Rojers “Lester”ning qishgi transfer rejalari haqida gapirdi
“Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers qishgi transfer oynasi vaqtida jamoa tarkibini kuchaytirishni reja qilmayotgani haqida gapirdi.
“Albatta ko'pchilik murabbiylar o'z tarkibiga jalb etmoqchi bo'lgan futbolchi bilan tezroq kelishuvga erishishni istaydi. Ammo mening falsafam bunday emas. Men qo'l ostimdagi yigitlar bilan ishlayman va ularni yanada yaxshiroq o'ynashga undayman.
Agar yanvarda tarkibni ko'chaytira olsak, yaxshi albatta. Ammo birorta transfer amalga oshmasa ham, buning yomon tomonini ko'rmayapman. Barcha hozirgi tarkibimiz ham qanday yuqori cho'qqilarni zabt etishga qodir ekanligini bilib-ko'rib turibdi”, deya Rojersning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
APL 19-turidan keyin “Lester” turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. Rojers shogirdlari peshqadam “Liverpul”dan 13 ochkoga ortda qolishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar