Rojers: "Lester"ning mentaliteti yuqori"

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 11:11
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahs yakunlari haqida to'xtaldi.

"O'yindan oldin kayfiyat va hissiyotlar yaxshi edi va buni o'yindan keyin ham saqlab qolishni istagandik. Buni uddaladik.

"Manchester Siti"ni pressing qilish davomida o'z ishingizni puxta bilishingiz kerak bo'ladi. Bizning mentalitetimiz yuqori: to'psiz o'ynayotganimizdan qayerda kurashish va yugurish kerakligini yaxshi bilamiz.

To'p bizda bo'lganida esa yulduzlarimiz o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bugun futbolchilarim o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishdi", - dedi Rojers.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal