Rodri: "Natijadan mamnun emasmiz"
20 iyu 2021 18:57
Yangiliklar
Rodri: "Natijadan mamnun emasmiz"
Ispaniya termasi yarim himoyachisi Rodri Evro-2020 doirasida Polsha bilan o'yinda qayd etilgan durang haqida gapirdi.
"Natijadan mamnun emasmiz. To'p darvozaga kirishni istamadi. Bunday turnirlarda oson raqibning o'zi bo'lmaydi.
Bizda golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ammo to'p darvozaga kirmasa, sizda ishonch pasayib ketadi. Maydon ham yaxshi holatda emasdi. Bu o'yin biz uchun dars bo'ldi.
Umid qilamanki, muxlislar bizni qo'llashda davom etadi. Bu bizga juda ham kerak. Hozir taslim bo'lish yoki tanqid qilish vaqti emas. Barchasi o'z qo'limizda", - dedi Rodri.
Fikrlar