So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  0 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Rodolfa Arrauabarrena: “Nasaf” bilan o'yindan oldin tarkibimizda yo'qotishlar bor" Yangiliklar

Rodolfa Arrauabarrena: “Nasaf” bilan o'yindan oldin tarkibimizda yo'qotishlar bor"

Bo'lajak “Al Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Al Vasl” klubi bosh murabbiyi Rodolfa Arrauabarrena va yarim himoyachi Abdulla Al Naqbilar ishtirok etishdi.

Rodolfa Arrauabarrena: - Biz ertaga “Nasaf” jamoasi bilan ikkinchi o'zaro uchrashuvda maydonga tushamiz. Raqibimizning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. SHubhasiz, raqibimiz ertaga ham uch ochko uchun o'ynaydi. Ammo biz ham ertaga o'zimizning dastlabki uch ochkomizni qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz.

Biz keyingi vaqtlarda boshqa jamolarga nisbatan ko'proq o'yinlar o'tkazayapmiz. Bu orqali albatta futbolchilarimizda toliqish bo'ladi. SHuningdek tarkibimizda yo'qotishlar ham bor. Ertaga bizga yarim himoyachimiz Humaid Abbos jarohati tufayli yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarimiz o'yinga tayyor. Biz bu yilgi OCHL musobaqasida kerakli natijaga erisha olmadik. CHunki, jamoamizda boshqa amirlik klublarida bo'lgani kabi kuchli futbolchilar kam. CHempionat yakunlanishiga ham oz fursat qolmoqda. Oldimizda “Xatta" jamoasi bilan muhim uchrashuv ham kutib turibdi. Endi bor etiborimiz bahga qaratilgan. Bu uchrashuvga ham kuchimizni tejashga majburmiz. Uchrashuvda g'alaba qozonib, uchinchi o'rinni egallashimiz zarur. Bu bilan biz kelasi yilgi OCHL yo'llanmasini ham qo'lga kiritish niyatidamiz.


Abdulla Al Naqbi: - OCHL musobaqasidagi bu yilgi ishtirokimiz  bizning yosh futbolchilarimiz  uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. O'tgan besh uchrashuvda ham kerakli natijaga erisha olmadik. CHunki biz guruhda Osiyoning eng kuchli klublari bilan birga kurashdik. Biz uchun ertaga bo'ladigan o'yin misli finaldek bo'ladi. CHunki, bizda ertaga ochko ishlash uchun so'nggi imkoniyat bor. SHu maqsadda ertaga maydonga tushamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика