Robertson: "Bizni pressing doimo qutqarib qolardi, ammo bugun..."
29 may 2022 10:57
Yangiliklar
Robertson: "Bizni pressing doimo qutqarib qolardi, ammo bugun..."
"Liverpul" hujumchisi Endryu Robertson ECHLda "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Kiyim almashtirish xonasi suv quygandek jim-jit edi. Finalda yutqazsang shunaqa bo'ladi doim.
Jamoamiz o'z pressingi bilan ko'p eslanadi. Bu bizni doimo qutqarib kelgandi, ammo bugun bizni qarshi hujumda "ushlashdi". Bu futbol.
Bunday raqiblarga qarshi gol o'tkazib yuborgandan keyin o'yinga qaytish qiyin bo'ladi. Ular qanday qilib o'yinni o'z tomoniga og'dirishni, g'alabaga olib borishni yaxshi biladi", - dedi Robertson.
Fikrlar