Roberto Karlos rafiqasidan ko'ra kim bilan ko'proq uxlaganini aytdi
10 okt 2019 21:50
Yangiliklar
Roberto Karlos rafiqasidan ko'ra kim bilan ko'proq uxlaganini aytdi
"Real" sobiq himoyachisi Roberto Karlos klubdagi bo'sh vaqtini qanday o'tkazgani va Ronaldo bilan do'stligi haqida aytib o'tdi.
"Hozir o'tgan voqealarni xotirlayman va o'ylab qolaman: Qanday qilib shunday ahmoqgarchilik qilganmiz? O'yin tugaganidan keyin bizni kutayotgan shaxsiy samolyotlar. Bekxem qaerlargadir uchib ketardi, Figu va Zidanning boshqa tomnga jo'nab ketishlari, men va Ronaldoning yana qaergadir uchishimiz. Lekin, biz ertasi kuni mashg'ulotlarga etib kelishimiz kerak bo'lardi. O'yinlarimiz shanba kunlari bo'lishi uchun duolar qilardim, sababi yakshanba kuni Formula 1 musobaqasiga borishingiz mumkin bo'lardi. Hamma joyga shaxsiy samolyotimizda borardik. Ronaldo bilan birinchi marta 1993 yilda uchrashganman. O'shandan beri biz bitta xonada yashadik. Rafiqamga qaraganda u bilan tez-tez uxlaganman", – deydi Karlos.
Fikrlar