So’nggi yangiliklar

02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  2 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  30 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4

Roberto Karlos - O'zbek futboli, reklama roliklari, "Barselona" va choyxona haqida Yangiliklar

Roberto Karlos - O'zbek futboli, reklama roliklari, "Barselona" va choyxona haqida

Teglar :  Roberto Karlos
Braziliyalik jahon yulduzi Roberto Karlos Milliy Olimpiya Qo'mitasi binosida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Ushbu sahifada matbuot anjumanidagi bo'lgan barcha gap so'zlarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


15:55. MOQ matbuot anjumanlari zaliga ko'plab jurnalistlar, viloyat futbol federaciyalari vice-prezidentlari yig'ilishgan. 

16:00. Matbuot anjumani boshlanadigan vaqt bo'ldi. Biroq Roberto Karlosning reysi kechikkani bois tadbir biroz kechroq boshlanadigan bo'ldi. Ayni paytda braziliyalik futbolchi Toshkentdagi Mehribonlik uyida bolajonlar bilan uchrashmoqda.

16:25. Tadbir boshlovchisi matbuot anjumani besh daqiqadan so'ng boshlanishini elon qildi. 

16:38. Nihoyat, Roberto Karlos matbuot anjumani zaliga kirib keldi.


- Avvalo barcha jurnalistlardan uzr so'rayman. Menga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra kech qoldim. Kecha tunda Kataloniyada bo'lib o'tgan "Espanol" - "Real Madrid" uchrashuvini tomosha qildim. Keyin to'g'ridan to'g'ri Toshkentga uchib keldim. CHarchagan bo'lsam ham Toshkentda ko'plab bolalarni ko'rib ularga master klass ko'rsatganimdan juda xursand bo'ldim. Keyin Mehribonlik uyi bolalari bilan uchrashdim. Juda ham ko'p ishlayman. "Real Madrid"dan ham ko'p ishlayman. Bu erga kelishimga yordam bergan barcha barchaga rahmat aytaman. 


- Bugun siz O'zbekiston futbol akademiyalari bilan qisman bo'lsa ham tanishdingiz. O'zbekiston futbol akademiyasi Jahon futbol akademiyasi darajasiga chiqishi uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?  (Uzreport tv xodimi)

- Avvalom bor. Yaxshi murabbiylar kerak, to'g'ri mashg'ulotlar qilish kerak. Barchasi to'g'ri yo'lga qo'yilsa akademiya kuchli bo'ladi. 


- O'zbek futboli deganda nimani tushunasiz? "Anji"da Odil Ahmedov bilan birga o'ynagansiz, Rivaldo "Bunyodkor"da o'ynagan... O'zbek futboli bilan bog'liq qandaydir qiziqarli voqeani aytib bera olasizmi? (Uzreport tv xodimi)

- Odil bilan yaxshi munosabatdamiz. O'zbek futboli rivojiga ishonaman. O'zbek futboli menga yoqadi. 


- Sizning avtobiografiyangizni o'qib chiqqanimda siz mehribon o'g'il ekaningizni bildim. Siz yoshligingizda otangizga yangi uy olib beraman deb vada bergan ekansiz... (Sport tv xodimi)

- Birinchi shartnomamni imzolayotganda shu xayol miyamda bo'lgan. Doim oilamga mehribonman. Otamga olib bergan uyda hamon yashab kelishmoqda. 


- Agar siz Jahon chempioni bo'lmaganingizda 3ta ECHL kubogini unga almashgan bo'larmidingiz? (muxlis)

- Jahon yulduzlari barcha sovrinlarni yutishni xohlaydi. Bunday demagan bo'lardim, shukurki men barchasiga ega chiqdim.




- Bundan 10 yillar oldin siz va ko'plab yulduzlar ishtirokida turli reklama roliklari ishlanardi. Hozir esa bunday roliklar kamayib ketdi. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz? (Uzreport tv xodimi)

- Men o'ynagan davrda 40dan ortiq kuchli futbolchi bo'lardi. Hozir esa Ronaldu, Messi, Neymar va Mbappe davri. Balki shu ham sababdir.


- Afsonaviy Braziliya terma jamoasi azolari bilan yig'ilib turasizlarmi? O'zbekcha qilib aytganda choyxona qilib turasizlarmi? ("Milliy stadion" marketing xizmati)

- O'sha tarkibdagi futbolchilar hozir dunyoning turli chekkalarida. Kaka AQSHda, Ronaldino Braziliyada, Ronaldo Valyadolidda... Lekin ular bilan alohida guruhimiz bor o'sha erda gaplashib turamiz. 


- Siz o'ynagan davrdagi "Real" kuchlimidi yoki Zidan qo'l ostida ketma ket uch marta ECHLni yutgan jamoami?  ("Birja" gazetasi xodimi)

- Men o'sha paytdagi "Galaktikos"ni kuchli deb o'ylayman. 


- 1997 yil Franciyaga urgan super golingizni qanday xotirlaysiz? SHunday zarbaga ega bo'lish uchun nimalar qilish kerak? (Sport telekanali xodimi)

- Mehnat qilish kerak. Mashg'ulotlarga birinchi bo'lib kelib, eng so'nggi bo'lib ketardim. SHu bois ham bir kun kelib shunday gol urishga erishganman. Bunday golni boshqa ko'rmaysizlar? 


- O'zbek oshxonasi yoqdimi? (muxlis)

- Moskvada 3 yil yashaganman. Men yashagan joyda o'zbek restorani bor edi. SHu bois o'zbek ovqatlarini juda yaxshi bilaman. 


- Ayni paytda "Real" bilan shartnomam bor dedingiz. Nima sodir bo'lsa va qancha pul taklif etilsa "Barselona"ga o'tardingiz? (Turon24 xodimi)

- Bu juda qiyin savol bo'ldi. Puyol ham Toshkentga kelgan to'g'rimi? Uni "Real" libosida tasavvur qila olasizmi? Men ham xuddi shunday "Real" timsoli hisoblanaman.



Narzulla Saydullaev



Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика