Robert Varela: "Birinchi bo'limdan xafsalam pir bo'ldi"
11 fev 2016 21:06
Yangiliklar


Robert Varela: "Birinchi bo'limdan xafsalam pir bo'ldi"
"Birinchi bo'limdan xafsalam pir bo'ldi. O'z darvozamiz yonida raqib bosim ustida ushlab turdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yaxshilandi. Buning natijasida ikkita gol urishga erishdik. Gol o'tkazib yuborgach biz hisobni tenglashtirib olishimiz muhim edi", - deydi murabbiy.
- Bugun Yaponiya ham, Avstraliya ham g'alaba qozondi.
- Qatarning o'yinini ko'rdim. Jamoaning o'yini juda kuchaygan. Bu jamoaning taktikasiga o'zimiz alohida taktika ishlab chiqib chiqishimiz kerak bo'ladi.
- Bugungi o'yinda Avstraliya terma jamoasi o'yinida nima yaxshi taassurot qoldirdi?
- Ikkinchi bo'limdagi shijoat. Bu musobaqada biz kuchli tarkib bilan qatnashmayapmiz. Tarkib borasida boshqa raqiblarga yutqazarmiz, ammo to'g'ri taktika va himoyadagi yaxshi o'yin evaziga g'alaba qozonishga erishamiz. Bugun ikkinchi bo'limda birinchi bo'limdagidan ko'ra kamroq xato qildik.
- Bir necha kundan buyon Toshkentda bo'lib turibsiz. Ko'nika olmayotgan narsa bormi?
- Toshkentga kelganimizda ob havo iliq edi, keyin esa birdan sovub ketdi. Balki vaqtlar o'rtasidagi tafovutga ko'nika olmayotgandirman. Ammo umuman olganda barchasi ajoyib.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar