So’nggi yangiliklar

14:13Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  0 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  4 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1

Robert Fernandes: “Murabbiy bilan hamfikr bo'lish juda muhim” Yangiliklar

Robert Fernandes: “Murabbiy bilan hamfikr bo'lish juda muhim”

“Barselona”ning yangi sport direktori Robert Fernandes “Mundo Deportivo” nashriga intervyu berib, jamoada amalga oshiradigan ishlari xususidagi savollarga javob qaytardi.


 U Luis Enrike va Subisaretta bilan munosabati, Messining kelajagi to'g'risida to'xtaldi.


- “Barselona”ga qaytish nimani bildiradi?

- “Barsa”ni hech qachon haqiqiy tark etmaysan. Bir necha yil bo'lganingdan keyin jamoani shunchaki tashlab ketolmaysan. Bu erda uy va do'stlar qoladi. Qizim ham shu erda ishlaydi. Klub senda izini qoldirgani sababli keta olmaysan. Faxriylar uyushmasi klub bilan doimo aloqada bo'lishni taminlaydi. Texnik kotib vazifasi ishonib topshirilgani katta imtiyozga o'xshab ko'rinadi.

- Bu ish katta masuliyat yuklaydi.

- “Atletiko” va “Valensiya”da shunday lavozimlarda ishlaganman. Bu qiyin ish ekanligini bilaman, lekin juda xursandman. O'zim bo'lgan joylarda ishtiyoq, intilish bilan esda qolganman. Omad ham zarur, chunki qaror qabul qilishda bu muhim. Qarorlar imkon qadar to'g'ri bo'lishi darkor. SHu bilan birga texnik kotibning har bir qarori to'g'ri bo'lavermasligini barcha tushunadi. Bizda ajoyib jamoa va klubni yaxshi bilaman. Bu menga yordam beradi.

- Subisarettadan ish haqida so'radingizmi?

- U bilan gaplashdim, lekin malumot so'ramadim. Andoni – yaxshi do'st va u bu erda birinchi kundanoq meni aldamasliklarini aytdi. U bilan ilk bor 16 yoshimda Monakoda xalqaro turnirda uchrashganmiz. O'shandan beri terma jamoa, “Barselone” va “Valensiya”da birga o'ynadik. Valensiyada bir-birimizdan 100 metr narida istiqomat qilganmiz. “Barsa” taklif bildirganda uning oldiga bordim. Buni matbuotdan bilishini istamadim. SHartnoma tuzgan paytimda ham uni bundan xabardor etdim. Andoni birinchi, “B” va yoshlar jamoalariga javobgar edi. Men esa faqat asosiy jamoa bilan ish olib boraman.

- Darvaozabonlar, Rakitich, Suares, Vermalen. Subisaretta kam bo'lmagan ishni amalga oshirgandek ko'rinadi.

- Hamisha shu narsani takidlaganman. Barchasini udalaydigan sport direktori bo'lmaydi. Ish minimal darajada xatolardan iborat bo'lishi kerak. Subisaretta katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Ko'p mehnat qildi. O'zidan ajoyib jamoa qoldirdi.

- “Barsa” va boshqa klublarda ishlash o'rtasida farq bormi?

- Albatta, bor. “Barsa” juda muhim klub, uning nomidan muzokaralarni qanday olish borishni tushunish lozim. Jamoa imkoniyatlari bazi holatlarda ishni osonroq uddalashga sabab bo'ladi. Bazida boshqa klublar bizdan ko'proq narsa kutishgani bois qiyinlashadi.

- “Barsa” qachon taklif bilan chiqdi?

- Yanvarning o'rtalarida. Dastlab ular texnik qo'mita azoligiga taklif etishdi. Buni rad qildim. Keyin yana bir necha suhbat bo'lib o'tdi. Lekin murabbiy bilan uchrashib, so'ng qaror qabul qilish kerakligini bilardim. Agar murabbiy bilan munosabat kelishmasa, ishga kirishishdan mano yo'q. CHempionlar ligasi finalining ertasi kuni uchrashdik. O'sha kungacha hech qanday qarorga kelmagandim. Barcha jihatlarni muhokama qilish muhim edi. O'sha paytda Luis Enrikening qolishidan ham bexabar edim. Murabbiy bilan suhbatlashib, o'rtamizda yaxshi munosabat bo'lishiga ishonch hosil qilishim muhim bo'lgandi.

- Nega texnik qo'mita tarkibiga kirishni istamadingiz?

- Yanvarda klubga xotirjamlikni saqlab qolish muhimligini bilgandim. Natija kelishi va jamoa ajoyib bo'lishi uchun tinchlik zarur edi. Luis Enrike yaxshi ishlayotgandi. Jamoa to'g'ri yo'lga tushib oldi. Ular sovrinlar uchun kurashishda davom etishdi va ularning barchasiga ega chiqishdi.

- Enrike bilan qanday ishlaysiz? Odatda murabbiy va sport direktorlari ish yangi o'yinchilar bilan shartnoma tuzishga etganda xuddi it bilan mushukdek munosabatda bo'lishadi.

- Biz hamfikrmiz. Ko'pchilik qaror qabul qilishda kimdir yaqqol ustunlikka ega deb o'ylaydi. Menda oldingi klublardan ham tajriba bor. Agar munosabat yaxshi bo'lmasa, bundan ikkimiz ham yutqazamiz. Biz futbolga bir xil qaraymiz. Hamisha murabbiy bilan munosabat hal qiluvchi ekanligini takidlab kelganman. Enrike bilan uchrashuvdan keyin vaziyat juda yaxshiligini o'ylagandim. Birgalikda yaxshi ishlashimizga shubha qilmayman. Luis bilan ilk bor “Visente Kalderon”da uchrashganmiz. O'shanda u yoshlar, men asosiy terma jamoada o'ynardim.

- Tbilisida Pedro borasida ochiq gapirdingiz va buning uchun sizni tanqid qilishdi.

- Barcha narsani ochiq gapirishning iloji yo'q. Pedro uni o'yinchi va inson sifatida hurmat qilishimni biladi. O'z ishim bilan doimo tanqidlar ostida bo'laman. Pichoqlarni menga qadashsin, murabbiy esa o'z ishi bilan mashg'ul bo'lsin.

- 6 yillik shartnomaga egasiz. Messisiz “Barsa” haqida o'ylash majburiyatingizga kiradimi?

- Yo'q, Leo bu erda faoliyatini o'tkazadi.

- Biroq u abadiy o'ynamaydi!

- Afsuski, u abadiy o'ynamaydi. Lekin oldinda Messi bilan yana bir necha yil bor. Odamlar u ertaroq yaxshi o'ynashdan to'xtaydi deb o'ylashadi, biroq bunday aqlli futbolchilar hamisha maydonning qaysi qismi band ekanligini yaxshi bilishadi. Yoshi katta bo'lishi bilan malum imkoniyatlarni yo'qotadi, lekin u juda aql bilan o'ynaydi. Unda bu iqtidor bor.

- Messi – futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchimi?

- SHubhasiz. Kimdir mahorat bo'yicha uning saviyasiga etsa, bundan ajablanaman. Balki, mahoratini yildan-yilga o'stirib boradigan boshqa futbolchi paydo bo'lar. Messi jamoada baxtli. Atrofdan uning o'yinini ko'rasan, yaqinroqdan esa yanada yaxshiroqligini payqaysan.

- “La Masiya”ning bazi murabbiylari Messiga ko'p aldashga ruxsat berishmagan. “La Masiya” haddan tashqari akademik o'yinga etibor qaratib yubormaydimi?

- Aniq holatlarda aldash kerak, jarima maydoni atrofi yoki xavfli holatlarda. Biroq bunda gap etuk futbolchi haqida ketmoqda. Agar futbolchida zarur xususiyat bo'lmasa, unga dribling ishlatmaslikni aytamiz. Hujumkor o'yinchilar esa aldashga kirishishlari darkor, yarim himoyachilar vaziyat yaratib, ko'proq to'p oshirishlari lozim. Messi kabilar qanday o'ynasa, shunday o'ynashadi.

- Messi, Suares va Neymar uzoq yillar uchlikda qolishadimi?

- Ha, chunki ular ancha yosh.

- Pedro “Marka”ga bergan intervyusida Inesta klub uning ketishiga ruxsat berishida uning tarafida turganini aytdi.

- Inesta –jamoadagi muhim azo va u bilan bu to'g'rida bir necha marta gaplashdim.

- Bartomeu sizda jamoa bilan yaxshi munosabat bo'lishini istaydi.

- Barcha bilan yaxshi munosabatdaman. Jamoada ajoyib futbolchi va insonlar yig'ilgani bizning baxtimiz.

- FIFA taqiqi ostida Arda va Aleish keldi. Bu etarlimi?

- Pedroning ketishini istamagandik. U klub tarixidagi muhim o'yinchilardan biri edi. U ishiga hamisha etibor bilan qarardi. Uning ketishi ikki taraflama muammo tug'dirdi: u ketdi va uning o'rnini yanvargacha to'ldira olmaymiz. Arda va Aleish kabi kim bilandir shartnoma tuzishimiz va qishgacha kutishimiz mumkin edi, ammo shoshish kerak emas. Kimnidir tarkibga qo'shib olish uchun etarlicha vaqt bor. Jamoaga kerak bo'lsa qishda transfer amalga oshiramiz, lekin bizda Sandro va Munir singari o'sib kelayotgan futbolchilar bor.

- Jamoaga o'rganadigan yosh futbolchini olib kelgan maqulmi yoki ko'p o'ynamasligini biladigan faxriynimi?

- Bizda ko'plab variantlar bo'ladi. CHunki biz tanlagan o'yinchi qimmat yoki boshqa jamoaga o'tishni xohlaydigan bo'lishi mumkin. Barchasini tahlil qilish chiqish lozim. Ko'p o'ynamaydigan futbolchiga katta pul to'lash yoki uni boshqa poziciyada o'ynash kabi holatlarni hal qilish darkor.

- Skautlarni nazorat qilasizmi?

- Ha, Urbano unga to'liq javob beradi. U men bilan aka-ukadek. Bir idorada ishlaymiz. Yana Luis Gonsales, CHechu Roxo, Pep Boada, Aleks Garsiya va Miki Albert ish olib boradi.

- Nolito “Selta” bilan shartnomasini uzaytirgani sizni bezovta qildimi? Uning uchun endi 30 million evro to'lash kerak bo'ladi.

- Yo'q, bu uning qarori.

- Subisarettaavval “Barsa”ga tegishli bo'lgan va tekinga qo'yib yuborilgan futbolchi uchun ko'p pul to'lash noto'g'ri deb o'ylardi. Siz Nolito uchun to'lagan bo'larmidingiz?

- “Barsa” muhtoj bo'lgan har qanday o'yinchi uchun to'lagan bo'lardim.

- Siz “Selta” bilan bu borada kelishuvga erishdingizmi?

- Yo'q.

- Sandro va Munirga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganini aytdingiz.

- Jamoaga endi kelgandim. Keyin Pedro ketdi va rejalar o'zgardi. Pedrosiz ularni qo'yib yubora olmaymiz. SHuning uchun barchasi tez o'zgarib ketishini aytaman.

- Transfer bozori qaynamoqda. “MYU” Martial uchun 50 million evro to'ladi.

- U juda iqtidorli futbolchi. O'tgan yili o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. To'g'ri, unga katta pul to'landi, lekin jamoa bunga tayyor ekan, nima deyish mumkin? Boshqa jamoa o'yinchilari to'g'risida gapirishni istamasdim.

- Unday holda Messi va Neymar qancha turadi?

- Bu mantiqan to'g'ri solishtirish emas.

- Neymarning shartnomasini uzaytirish bilan shug'ullanasizmi?

- Yo'q. Mening majburiyatlarim aniq. Neymar masalasi boshqaruvchilar qo'lida.

- Sport nuqtai-nazaridan u jamoadagi ikkinchi futbolchimi?

- Bu tomondan men uni bilganimdan beri eng yuqori holatda. “Atletiko”da ishlagan paytimda uni olishni xohlaganman.

- “MYU” Neymar uchun 190 million evro taklif qilgani haqiqatmi?

- Hech qanday taklif olmadik. To'g'ri bo'lmagan ko'plab narsalar muhokama qilinadi. Neymar jamoada baxtli va u biz bilan qoladi.

- Akademiyadan birinchi jamoaga qo'shilishi mumkin bo'lgan futbolchilar bormi?

- Ha, asosiy jamoa azosiga aylanishga qodir potencialga ega o'yinchilar bor. Lekin talablar yuqori bo'lgani uchun jamoamizda o'ynash oson emas. Vazifamiz ular oldiga qo'ygan maqsadga erishishga yordam berish.

- 19 yoshli Adama sotib yuborildi. Buni to'g'ri qaror deb o'ylaysizmi? Ijaraga berish orqali uning mahoratini o'stirish va jamoaga qaytarish imkoniyati bor edi.

- O'yinchi va agent o'zlariga maqul qarorni bildirishdi. Bazida ular adashishadi, lekin bu holda ular to'g'ri qarorga kelishdi deb o'ylayman.

- Adama va Deulofeu ketdi. “Barsa”da ananaviy vingerlar uchun joy qolmadimi?

- “Barsa”har doim o'z uslubida, hujum hududini kengaytirib o'ynaydi. Hozir qanotlarda o'zining kuchliroq oyog'i yordamida markazga yorib kirib, o'ynaydigan qanot futbolchilari bor. Ular gol ham urishlari kerak. Barcha masalani markaziy hujumchilarga qoldirib bo'lmaydi. “Toza” vingerlar qanotda dribling ko'rsatib, keyin to'pni oshirishadi. Jamoada bunday o'yinchilar davri o'tdi deb o'ylamayman. Hamisha maydonda keng o'ynaydiganlarga muhtojlik seziladi. Biroq ular boshqa tomondan cheklab qo'yilgan. Adama va Deulofeu hali yosh. Klub ularning holatini nazorat qilib boradi.

- Agar Luis Enrike klubga shu mavsumdan keyin murabbiylik qilmasligini aytsa, uning o'rniga biror mo'ljallaganingiz bormi?

- Bunday narsalar haqida o'ylamayapman ham.

- Lekin sport direktori uzoq rejalarga ega bo'lishi kerak.

- Bu ro'y bersa, reja tuzaman. Hozir esa Enrike bizning murabbiyimiz. U bu erda ko'p qolishi kerak. Bu mening vazifamdir. Luis “Barsa” uchun ideal murabbiy.

- Jamoa bilan safar o'yinlariga borasizmi?

- Yo'q. CHempionlar ligasi va chempionatda uy o'yinlariga boraman. Boshqa jamoalar o'yiniga borsam, o'rnimga kimdir birinchi jamoa bilan boradi. Men futbol ko'rishim lozim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика