Robben yana ikki-uch yil yuqori darajada o'ynashni davom ettirmoqchi
01 noy 2013 17:42
Yangiliklar


Robben yana ikki-uch yil yuqori darajada o'ynashni davom ettirmoqchi
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben, jamoaga yangi bosh murabbiy Xosep Gvardola kelganidan so'ng, klubda unchalik katta o'zgarishlar sodir bo'lmaganini aytib o'tdi.
- Gvardiolaning “Bavariya”ga kelgani menda hech qanday muammo tug'dirgani yo'q. SHubhasiz u jamoaga o'zi bilgan o'yin uslubini olib kirdi, biroq heq qanday katta o'zgarishlar sodir bo'lgani yo'q. O'zimga keladigan bo'lsam, yana ikki-uch yil yuqori darajada o'ynashni davom ettirmoqchiman. Oldin ham aytib o'tganimdek “Bavariya”dan hech qaerga ketishni rejalashtirmayapman, - Robbenning so'zlarini keltiradi goal.com.

Fikrlar