Robben: "Men Ronalduga ovoz berdim demagan edim"
20 dek 2013 00:27
Yangiliklar


Robben: "Men Ronalduga ovoz berdim demagan edim"
Robben Gollandiya OAVga bergan intervyusida oltin to'p yo'lida Ronalduga ovoz berganligi va buning uchun uni munosib ekanligi borasidagi xabarlarini rad etdi.
"Mening gapimni boshqacha yoritishdi. Men bunday demagan edim. Men Ronalduning Portugaliya va "Real" jamoalari uchun sermahsulligini yuqoriligini takidladim. Lekin hech qachon unga ovoz berishim haqida aytmadim. Umid qilamanki, sovrinni Riberi yutadi. Men uni ko'rsatdim. U ajoyib mavsumni o'tkazdi va bunga haqli", - deydi golland nemis matbuotiga bergan intervyusida.

Fikrlar