Robben "Borussiya"ga qarshi bahsda maydonga tushadimi?

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 17:57
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes jamoa yarim himoyachisi Aren Robben sog'ligi haqida ma'lumot berdi.

Futbolchi umumiy guruhda shug'ullanmoqda va unda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Germaniya Kubogining 1/8 finali uchrashuvida maydonga tushish ehtimoli bor edi.

"Aren Robben yaxshi ishlamoqda va deyarli og'riq his qilayotgani yo'q. Ammo tavakkal qilishni istamayman. Aren bilan suhbatlashdik va u ham hali erta ekanligini aytdi. Shu sababli ertaga u o'ynamaydi" - deydi Xaynkes.

"Bavariya" - "Borussiya" uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com