Rizvan Farzaliev: "Ikkinchi o'yinda g'alaba qozonishga umid qilaman"
17 avg 2016 14:19
Yangiliklar
Rizvan Farzaliev: "Ikkinchi o'yinda g'alaba qozonishga umid qilaman"
3:3 hisobida o'z yakuniga etgan o'yindan keyin Ozarboyjon terma jamoasi sardori Rizvan Farzalievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bu bizning birinchi o'rtoqlik uchrashuvimiz, ayni paytda huddi sizlar kabi Kolumbiyadagi mundialga tayyorgarlik ko'rayapmiz. O'rtoqlik uchrashuvi ham masuliyatli o'yin, bugun g'alaba qozonganimizda yaxshiroq bo'lardi, lekin O'zbekiston ham kuchli jamoa. Jahon chempionatiga to'liq tayyor bo'lishimiz uchun mana shunday raqiblar bilan doimiy o'ynashimiz lozim.
O'zbekiston bilan oldin ham o'ynaganmiz, lekin hozir tarkibimiz o'zgargan. Musobaqagacha kam vaqt qoldi, o'yin uslubimizda katta o'zgarish bo'lmaydi. Ikkinchi bahsda muvaffaqiyatga erishamiz deb umid qilaman. Nazorat uchrashuvlaridan maqsad esa kuchsiz tomonlarimizni ko'rib olish va ular ustida ishlash", - deydi Rizvan Farzaliev.
Fikrlar