So’nggi yangiliklar

09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  0 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  2 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8

Riza Ayvazov: "Superliga yo'lida bizga ozgina omad etishmadi" Yangiliklar

Riza Ayvazov: "Superliga yo'lida bizga ozgina omad etishmadi"

Pro-Liga "A" guruhida joriy mavsumni 3-o'rin bilan yakunlagan Farg'onaning "Istiqlol" klubi futbolchisi Riza Ayvazov bilan mavsum yakunlari yuzasidan suhbatda bo'ldik.

- Riza Ayvazovga bu yilgi mavsum qay darajada maqul keldi?
- Umuman olganda bu mavsum yomon o'tmadi. Bu mavsum davomida yuqori ishtiyoq bilan o'ynadik. Judayam qiziq, keskin kurashlarga boy, qizg'in mavsum bo'ldi. Superliga yo'lida bizga ozgina omad etishmadi. O'tish o'yinida Superliga ishtirokchisi AGMKga kichik 0:1 hisobida alamli mag'lubiyatga uchradik. Futbolda omadning o'rni juda muhim.

- Riza Ayvazovning "Istiqlol" klubi bilan yangi mavsum uchun ham shartnomasi bormi? Umuman rejalaringiz qanday?

- SHu yil oxirida "Istiqlol" klubi bilan shartnomam yakuniga etadi. "Istiqlol" ahil jamoa, bu jamoa menga begona emas. To'g'risi, ayni damda kelajagim haqida hech narsa deya olmayman.

- Riza Ayvazovning muxlislarga tilaklari...

- Jamoamiz muxlislariga katta rahmat aytaman, ular bizni har doim va har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlab kelishgan. "Istiqlol" jamoasi har doim muxlislar uchun o'ynaydi.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика