Riyod Maxrez: "Manchester Siti"dan o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganim uchun ketmoqchi emasman"
14 may 2019 21:20
Yangiliklar


Riyod Maxrez: "Manchester Siti"dan o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganim uchun ketmoqchi emasman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyod Maxrez kelajagi borasida gapirdi.
"SHakllanib bo'lgan jamoaga o'tish oson emas. Birinchi mavsumda men uchun qiyin bo'lishini tushunib etdim, ammo o'zimga ishondim va o'yinimga shubha qilganim yo'q. Vaziyat paydo bo'lganda undan foydalanishimni bilardim. "Brayton"ga gol urib, jamoamga yordam berdim.
"Manchester Siti"da barcha narsa menga yoqadi. Klubdan o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganim uchun ketmoqchi emasman. Bu futbolning bir qismi.
Men kuchli formada bo'lishim kerak. Bu mening xarakterim. Haqiqatdan hech qachon qochib ketmayman", - deydi jazoirlik futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar