So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10

Rishtonda “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomi ostida faxriylar o'rtasidagi futbol musobaqasi o'tkazildi Yangiliklar

Rishtonda “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomi ostida faxriylar o'rtasidagi futbol musobaqasi o'tkazildi

2018 yil 9 sentyabr kuni Farg'ona viloyati Rishton tumanida faxriy futbol jamoalari o'rtasida “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomli musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbek futboli tarixidan bir parcha    

O'lkamizning shahar va qishloqlarida XX asr boshlarida avval xalq tilida “shayton o'yini”, keyinchalik “yovvoyi o'yin” deya tariflangan sport turi paydo bo'ldi. Garchand hozirgi zamonaviy futbolga uncha o'xshamas ham tasodifiy topilgan maydon va ko'chalarni changitib tashkil etilgan bu o'yin keng quloch yoza boshladi. Mahalliy yoshlar o'sha vaqtda harbiylar tomonidan olib borilayotgan mashg'ulotlarni kuzatib, aynan ular tomonidan o'ynalayotgan o'yinni o'zlashtirishga kirishdilar. Ular dastlab tekis maydon topib, unga ikkita darvoza o'rnatishadi. Albatta maydon tayyorlash, chim yotqizish ishlari qo'qonlik ishtiyoqi baland yigitlaruchun qiyin ish emas edi. Maydon tayyor, eng muhimi futbol o'ynash uchun koptok topish kerak. 

O'sha vaqtlarda do'konlarda hozirgidek futbol to'plari sotilmaydi. SHunday bo'lsada uddaburon yigitlar, futbolga bo'lgan ishtiyoqlari kuchliligidan o'zlari to'p yaratishga urinib ko'rishadi. Yigitlar orasida turli kasb egalari borligi ushbu vaziyatda qo'l keladi. Kosibchilikdan xabari bor yigitlardan biri charm mahsulotidan koptok tikib ko'radi. Lekin to'pni shishirish uchun texnologiya topishning imkoni bo'lmaydi. Yigtilar buni ham echimini topishadi. Yumshoq matolar qiyqimi bilan to'ldirilgan koptok tayyor bo'ladi va yigitlar futbol o'ynashni boshlashadi. Keyinchalik o'sha harbiylardan haqiqiy koptokni sotib olishadi. SHu tariqa 1912 yilda Qo'qonda mamlakatmizdagi birinchi futbol jamoasi tashkil topadi.



“O'zbek futbolining 105 yilligi” faxriylar o'rtasidagi futbol musobaqasi haqida

2018 yil 9 sentyabr kuni Farg'ona viloyati Rishton tumanida  faxriy futbol jamoalari o'rtasida “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomli musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada Farg'ona vodiysining faxriy futbolchilardan tashkil topgan futbol jamoalari ishtirok etdilar. Ushbu musobaqa Farg'ona viloyat futbol federaciyasi, Farg'ona viloyat “Nuroniy” jamg'armasi, Rishton tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuqori saviyada tashkillandi. Dastlab turnir tashkilotchilari qo'shni viloyatdan tashrif buyurgan jamolalarni kutib olishdi va qura tashlash marosimi o'tkazildi. SHundan so'ng musobaqa oldidan quron tilovat qilindi. Rishton tuman hokimligi, Farg'ona viloyat futbol federaciyasi, Farg'ona viloyat “Nuroniy” jamg'armasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari musobaqa formatini ishtirokchilarga tushuntirib o'tganlaridan so'ng muobaqaga start berildi.  

-    Ushbu musobaqa 60 yosh va undan katta yoshli faxriy futbolchilar o'rtasida o'tkazilmoqda, - deydi Farg'ona vodiysi faxriylar futbol musobaqlari tashkilotchilaridan biri Mamamadali Umirov. Ushbu musobaqani 2015 yildan buyon o'tkazib kelmoqdamiz. Faxriy futbolchilar o'rtasidagi birinchi turnirni dastlab norasmiy tarzda Namangan viloyatning Uychi tumanida tashkillagan edik, bu musobaqada jami 6 ta jamoa ishtirok etgan. Keyinchalik faxriy futbolchilardan saralab olib, ikkita mukammal jamoa tashkilladik, bu jamoalar “Navqiron” va “Xotira-79” deb nom olishdi. SHundan keyin bizga Farg'ona viloyatining Rishton va Buvayda tumanlaridan jamoalar qo'shilishdi. Mana yaqinda Andijon viloyatidan ham faxriy futbolchilardan iborat jamoa qo'shildi. Etibor bering, bu jamoalarning barchasi 60 yosh va undan katta yoshli faxriy futbolchilardan iborat. Mana vodiyda faxriy futbol jamoalarii tashkil etganimizdan so'ng, 3 yil davomida 10 dan ortiq musobqalarda ishtirok edik. Toshkent shahridan, Namangan viloyatining Uychi va Kosonsoy tumanlarida, mana bugun Farg'ona viloyatining Rishton tumanida “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomli xotira turnirida ishtirok etmoqdamiz. Biz O'zbekiston futbol Assosiaciyasiga bugun barcha faxriy futbolchilar bilan kelishib, xat tayyorladik. Agar bizni xatdagi iltimosimizni inobatga olishsa, bizga faxriy futbolchilar Superligasini tuzib berishadi. Bu bilan o'zbek futbolinini ommaviyligi ortadi, keksa insonlarni bo'sh vaqtlari mazmunli tashkil etiladi, ularni futbol bilan shug'ullanishlari tabiiy xolda sog'lomlashtirishga xizmat qiladi. Biz tayyormiz, iloji bo'lsa xorjiy mamlakatlardagi faxriy futbolchilar bilan ham turli xil turnirlarda ishtirok etish niyatimiz bor.


SHu kuni Farg'ona viloyati Rishton tumanida o'tgan turnirni namunali tarzda tashkillash uchun Farg'ona viloyat Futbol Federaciyasi mutaxassisi Hakimjon Fayziev, “Qo'qon 1912” professional futbol klubi matbuot kotibi Abror Dehqonov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari xizmatlarini alohida takidlab o'tish joiz. “O'zbek futbolining 105 yilligi” nomli faxriylar o'rtasidagi xotira turniri yuqori saviyada tashkillashtirildi. Musobaqa finalida Namangan viloyatining “Navqiron” va Andijon shahrining “Andijon” faxriy futbolchilari o'rtasida o'tkazildi. Asosiy vaqtda 3:3 hiosobidagi jangovor durang qayd etilgach, musobaqa reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Penaltilar seriyasida Andijon shahrining “Andijon” faxriy futbolchilar jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi va musobvqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Ushbu musobaqada jamolarning yakuniy natijalarga ko'ra egallagan o'rinlari quyidagicha ko'rinish hosil qildi:

1-o'rin Andijon shahrining “Andijon” nomli faxriylar futbol jamoasi.                      
2-o'rin Namangan viloyatning “Navqiron” nomli faxriylar futbol jamoasi.
3-o'rin Rishton tumanining “Nuroniy” nomli faxriylar futbol jamoasi.
4-o'rin Buvayda tumanining “Nuroniy” nomli faxriylar futbol jamoasi.            

Ushbu musobaqada saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov ham ishtirok etdi va faxriylar o'rtasida tashkil etilgan futbol musobqasini yaqindan kuzatib bordi. Haqiqatdan ham mana shunday futbol musobaqalari keksa yoshdagi insonlarni sog'lomlashtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga xizmat qiladi. “Championat.asia” shu kabi musobaqalarni qo'llab-quvvatlaydi va muntazam ravishda yoritib boradi.  

Bekzod Tolibov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика