So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  0 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  1 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Rim derbisi, "Inter" - "Yuventus" va boshqa uchrashuvlar prevyusi Yangiliklar

Rim derbisi, "Inter" - "Yuventus" va boshqa uchrashuvlar prevyusi

Bugun Italiya chempionatida 27-tur uchrashuvlari start oladi.

"Udineze" - "Milan"

Jerar Deulofeu hamon jarohatini davolash bilan ovvora va sobiq jamoasiga qarshi uchrashuvgacha safga qaytib ulgurmaydi. SHunday ekan hujumda Betu va Saksessni ko'ramiz. SHuningdek, jarohat sabab Ebosse ham o'yinni o'tkazib yuboradi, Arslanning jamoasiga yordam bera olishi esa so'roq ostida. 


Milanliklar safida Jiru diskvalificiyaga uchragan, shunday ekan jangga Origi tashlanadi. Messias ham lazaretda, u terma jamoalar o'yinlaridan keyin maydonga qaytadi. Mashg'ulotda jarohat olgan Kalabriya esa jamoasiga yordam bera olishi mumkin.

Birinchi davrada jamoalar yorqin bahs namoyish etib berishgandi. "Milan" o'shanda 4-2 hisobida zafar quchgan. Klub hozir favorit hisoblanadi, lekin "rossoneri"ga oson bo'lmasligi aniq. Oxirgi vaqtlar jamoa safarda ancha qiynalmoqda. Jadvaldagi vaziyatdan kelib chiqib esa Pioli jamoasiga bu o'yinda faqatgina g'alaba kerak. 


"Atalanta" - "Empoli"

Jarohatlanganlar safiga Jimsiti ham qo'shildi. Gasperini uning o'rniga kimni maydonga tushirish borasida yaxshilab o'ylab ko'rishi zarur. Ayniqsa Demiral va Skalvini safga qaytib ulgurmasa. Hujumda syurprizlarni kutmasak bo'laveradi. Boga, Lukman va Xoylund asosiy tarkibda o'yinni boshlashadi. 



Mehmonlar safida Bandinellining ishtiroki nomalumligicha qolmoqda. Bu Paolo Zanetti uchun yomon yangilik. SHuningdek, mushak jarohatlaridan tiklanayotgan Destro va Kambyagining bu uchrashuvda ishtirok eta olishi hali aniq emas. Hujum chizig'ida Sotriano va Kaputo juftligiga imkon beriladi.

Birinchi davra bahsida "Atalanta" 2-0 hisobida ustun kelgan. Klass borasida ustunlikka ega jamoa o'z maydonida muammolar girdobidagi klubni qabul qilmoqda. Tabiiyki mutaxassislar "Atalanta"ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholashmoqda. Oxirgi omadsizliklardan keyin bergamoliklar g'alabali yo'lga qaytishida bu ayni muddao.


"Inter" - "Yuventus"

Bastonining jarohati uni tomoshabinlar qatoriga o'tkazib qo'ydi. Biroq tajribali Milan SHkrinyar safga qaytgan. SHuningdek, Gosens va Korrea ham jamoaga yordam bera olmaydi. Hujumda esa Lautaro-Lukaku juftligiga ishonch bildirilsa kerak. 

Turinliklar safida Milik va Bonuchchi hali jarohatdan to'liq qutilib ulgurmadi. Bir-ikki o'yinda maydonga tushgan Pol Pogba yana bir oyga safdan chiqdi. Asosiy tarkibga Di Mariya qaytadi va u Evropa Ligasida "Frayburg" darvozasiga gol urib, jamoa g'alabasiga hissa qo'shgan Vlaxovichga yordamlashadi. 

Jamoalarning avvalgi uchrashuvida "Yuventus" ishonchli tarzda (2-0) g'alabaga erishgan. "Inter" revansh istagida yonayotgani turgan gap. Aksariyat mutaxassislar ham aynan "neradzurri"ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholashmoqda. Mantiqan bu to'g'ri, sababi "Inter"da dam olish va uchrashuvga tayyorlanish uchun ko'proq vaqt bor edi. Biroq maydonda nimalar bo'lishini avvaldan aniq aytib bo'lmaydi.


"Lacio" - "Roma"

CHiro Immobile Rim derbisiga tiklanib ulgurmadi, shunday ekan hujumda Sarrining bor umidi Felipe Anderson, Pedro va Cakanya uchligidan. CHap qanotda safga qaytgan Xyusay tushadi. Ikki markaziy himoyachi Darbo va Kumbulla o'yinda ishtirok eta olmasligi aniq. Karsdorp hamda Solbakenning maydonga tushishi so'roq ostida. Evropa Ligasidagi bahsdan keyin Abraxam va Matich asosiy tarkibga qaytsa kerak. 



Avvalgi uchrashuvda "Lacio" dramatik tarzda g'albani ilib ketgandi (1-0). Hozir esa yaqqol favoritni ajratib ko'rsatish juda mushkul. Har ikki jamoa hafta o'rtasida evrokuboklardagi o'yinlarini o'tkazdi. Nazarimizda, "Roma"ning imkoniyatlari yaxshiroqdek, ammo mutaxassislar "burgutlar"ning g'alabsiga ko'proq ishonmoqda. Nima bo'lganda ham bizni murosasiz va kurashlarga boy bellashuv kutib turgani aniq.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика