Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv" futbol maktabiga direktor etib tayinlandi Yangiliklar

Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv" futbol maktabiga direktor etib tayinlandi

Yosh va malakali mutaxassis "Lokomotiv" futbol maktabiga rahbarlik qiladi.

Malumot uchun, Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo'lib, dastlab "Loko" U-21 jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o'rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi. 

2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2021 yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo'l olgan Rifat Akramxo'jaev 1 iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab selekcioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishladi. 

O'tgan yil "Lokomotiv"ning 18 yoshgacha futbolchilari Akramxo'jaev qo'l ostida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etib ijobiy natija ko'rsatdi. SHu o'rinda yangi ish va yangi lavozimda Rifat Saydi-Anvarovichga omad va zafarlar tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика