So’nggi yangiliklar

17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  0 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  3 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  1 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1

Rifat Akramxo'jaev: "Birinchi goldan keyin ustunlik biz tarafga o'tdi" Yangiliklar

Rifat Akramxo'jaev: "Birinchi goldan keyin ustunlik biz tarafga o'tdi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida
- Avvalambor, butun O'zbekiston ahlini Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, oson o'yin bo'lmadi, yigitlarga rahmat aytaman. Bahona qilmoqchi emasmiz, lekin oxirgi kunlarda ko'p yo'l bosib o'tganimiz tufayli bizda charchoq alomatlari sezildi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yin surati o'zgarib, ustunlik biz tarafga o'tdi. Ozgina omadimiz kelganida, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Yomg'irli ob-havoda stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga tashakkur deyman. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda bundan ham chiroyli o'yin ko'rsatishga intilamiz.

- Boshlang'ich tarkibda deyarli 2 hujumchi xizmatidan foydalandingiz. Uchrashuvning taxminan 30-daqiqalariga borib, taktik o'zgarishni amalga oshirdingiz. Bu nimani anglatadi?
- Poziciyalarni o'zgartirganimizning sababi – o'rtada bog'lovchi o'yinchi topilmadi. SHu bois Jasurni o'ngga, Islomni o'rtaga qo'ydik.

- 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab turganimizga qaramasdan, yosh hujumchi Muhammadali Abdurahmonovni maydonga tushirdingiz. Bu bo'yicha nima deya olasiz?
- Sababi yutqazayotgandik, 4-3-3 sxemasiga o'tdik. Yosh hujumchimiz ishonchni oqlayapti, U U21 jamoasida ham yaxshi o'yin ko'rsatyapti,. Bugun ham "Qo'qon-1912" himoyachilarini ancha qiynadi.

- Eldor Boymatov qachon safga qaytadi?
- U umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. Xudo xohlasa "So'g'diyona" bilan o'yinga tayyor bo'ladi. Nuriddin Hasanov bilan bog'liq holat esa hali so'roq ostida.

- Jamoa hujumdagi yakuniy pallalarda nega qiyinchilikka duch kelyapti?
- Bilasizmi, har bir jamoa murabbiyiga ozgina vat kerak. 1 hafta, 10 kun yoki 1 oy emas. 2 oydan sal oshgan vaqt davomida yigitlar shunchalik bir-biri bilan kelishib o'ynashyapti. Eng keraklisi, yigitlarda ishtiyoq bor, lekin hayajon sezilyapti. Oxirgi nuqtada sal o'xshamay qolyapti. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda imkoniyatlardan foydalana boshlashadi.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика