Reyna xatosidan keyin unga nima yordam berganini aytdi
06 okt 2019 15:43
Yangiliklar
Reyna xatosidan keyin unga nima yordam berganini aytdi
"Milan" posboni Pepe Reyna A Seriya 7-turi doirasida "Jenoa"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
Birinchi bo'limda Reynaning xatosidan keyin raqiblari gol urishga erishgandi. Biroq posbon 93-daqiqada penaltini qaytarishga erishdi.
"Tajriba menga koncentraciyani saqlab qolishda va qolgan vaqt davomida bosiqlikni ushlab turishda yordam berdi.
Har bir voqeliklardan yigitlar to'g'ri hulosa chiqarayotganidan xursandman. "Fiorentina"ga qarshi biz juda yomon o'yin ko'rsatgandik.
Biz taslim bo'lmadik, harakat qildik va yakunda muhim bo'lgan 3 ochkoni olishga erishdik. Tanaffusda gollar bizni o'yinga qaytarishini tushundik va faqatgina harakat qilishda davom etishimiz kerak edi.
Bu oson ish emas. Jamoa o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ygan vaqtda hech nima o'xshamaydi", - dedi Reyna.
Fikrlar