Reshfordning "Vulverxempton"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida
13 may 2023 11:45
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasi 36-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish xavfi bor. Buni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag malum qildi.
"Reshfordning oyog'ida muammo bor, shuning uchun uning o'yinda maydonga tushishi katta so'roq ostida. Ammo biz Rafael Varan qaytganidan xursandmiz", – dedi mutaxassis.
Reshford "Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari sanaladi. 25 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Manchester Yunayted" – "Vulverxempton" uchrashuvi 19:00 da boshlanadi.
Manchester United Anthony Martial - 32', Alejandro Garnacho - 90' Premier League . 36-tur 13/05/2023, 20:00
Wolverhampton Wanderers Stadion: Old Trafford, 73570 tomoshabin Bosh hakam: John Brooks
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar