Reshford "Vest Xem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
03 dek 2020 16:50
Yangiliklar


Reshford "Vest Xem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Hujumchi katta ehtimol bilan keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher hujumchi Markus Reshford APL 11-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda yordam bera olmasligini aytdi.
"Forvardda elkalar bilan bog'liq muammo bor. Umid qilamanki, u "Vest Xem"ga qarshi o'yinga qadar ulguradi, ammo bizda bunga ishonch yo'q", - deydi mutaxassis.
Reshford joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar