Reshford va Saka Angliya TJning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin
24 mar 2021 21:10
Yangiliklar
Reshford va Saka Angliya TJning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Manchester Yunayted” forvardi Markus Reshford oyog'idan jarohat olgan va yakka tartibda zalda shug'ullanmoqda. Biroq, u Angliya TJning jamoabiy mashg'ulotlarida qatnashamayapti. “Arsenal” yarim himoyachisi Bukayo Saka esa klub qarorgohini tark etmagan. U oyoq paylarini shikastlab olgani aytilmoqda.
Ushbu 2 futbolchi ertaga San-Marinoga qarshi o'tadigan bahsni o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori. SHuningdek, inglizlarni oldinda Albaniya (28 mart) va Polshaga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.
Fikrlar