Reshford "Tottenxem"ga o'tishni rad etdi
09 iyu 2022 12:33
Yangiliklar
Reshford "Tottenxem"ga o'tishni rad etdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Tottenxem"ga o'tishni xohlamadi.
London klubi 24 yoshli angliyalik bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "Manchester Yunayted" uni qo'yib yuborishni rad etdi.
Qayd etish kerakki, hujumchining o'zi ham Manchester klubida qolmoqchi va yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning ishonchini qozonmoqchi.
Reshford o'tgan mavsum manchesterliklar tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar