Reshford operaciya qilinishi mumkin
25 iyu 2021 19:36
Yangiliklar
Reshford operaciya qilinishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jarrohlik amaliyotini o'tashi mumkin.
Noyabr oyidan buyon ingliz futbolchisi chap elka mushaklaridagi og'riq bilan o'ynamoqda. Markus Evro-2020'dan so'ng operaciya bo'yicha yakuniy qarorini qabul qiladi.
Agar 23 yoshli futbolchi jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, APL'da mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkin.
Forvard o'tgan mavsumda Premer-liganing 37 o'yinida 11 gol urib, 9 golli pas ijrochisi bo'lgan.
Fikrlar