Reshford Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiya va Islandiya terma jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
13 noy 2020 14:48
Yangiliklar


Reshford Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiya va Islandiya terma jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
Angliya terma jamoasi forvardi Markus Reshford Millatlar Ligasi doirasidagi yaqin o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Reshford Garet Sautgeytning noyabr oyidagi o'yinlariga chaqirilgan edi, ammo u APL 8-turi doirasidagi MYU va "Everton" (3:1) jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan va Irlandiya (3:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yiniga kelmadi.
SHu bilan birga Angliya terma jamoasiga yaqin o'yinlarda "Vulverxempton" himoyachisi Konor Koadi yordam bera olmaydi.
U koronavirus tashuvchisi bilan aloqadan bo'lganidan keyin izolyaciyaga o'tishga majbur bo'lgan, o'yinchining o'zi kasallanganmi yoki yo'q, bu nomalum.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar