Reshford Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiya va Islandiya terma jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Alisher
13 noya 2020, 14:48
Angliya terma jamoasi forvardi Markus Reshford Millatlar Ligasi doirasidagi yaqin o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Reshford Garet Sautgeytning noyabr oyidagi o'yinlariga chaqirilgan edi, ammo u APL 8-turi doirasidagi MYU va "Everton" (3:1) jamoalari o'rtasidagi o'yinda jarohat olgan va Irlandiya (3:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yiniga kelmadi.

Shu bilan birga Angliya terma jamoasiga yaqin o'yinlarda "Vulverxempton" himoyachisi Konor Koadi yordam bera olmaydi.

U koronavirus tashuvchisi bilan aloqadan bo'lganidan keyin izolyaciyaga o'tishga majbur bo'lgan, o'yinchining o'zi kasallanganmi yoki yo'q, bu noma'lum.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FA