"Renn" Ruganini "Yuventus"ga muddatidan oldin qaytarishi mumkin
26 dek 2020 15:20
Yangiliklar


"Renn" Ruganini "Yuventus"ga muddatidan oldin qaytarishi mumkin
"Renn"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani muddatidan oldin Turin klubiga qaytishi mumkin.
Franciya klubi rahbariyati 28 yoshli italiyalik futbolchining holatidan norozi. O'yinchi sog'lig'i sabab ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Daniele joriy mavsum Liga 1 doirasidagi faqatgina 1ta o'yinda ishtirok etdi. Ruganining "Renn" bilan tuzgan ijara shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Qizil-qoralar" Franciya chempionatida 17 turdan so'ng 31 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar